JCH-2026 ga qayerda va qachon qur’a tashlanishi ma’lum bo‘ldi
Sport
−
30 iyul 13178 1 daqiqa
2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatining guruh bosqichi qur’asi joriy yilning 5 dekabr kuni AQSHning Las-Vegas shahrida o‘tkaziladi. Bu haqda ESPN xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, qur’a marosimi dunyodagi eng katta sfera shaklidagi bino – “Sphere” zalida bo‘lib o‘tadi. Bu inshoot 17,5 ming tomoshabinga mo‘ljallangan bo‘lib, 50 ming kvadrat metrdan ortiq maydonni egallagan ulkan ekran bilan jihozlangan. Qizig‘i shundaki, shahar turnir o‘yinlariga mezbonlik qilmaydi.
Ma’lumot uchun, 2026 yilgi Jahon chempionatida ilk bor 48 terma jamoa ishtirok etadi. Musobaqa 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham ilk bor ishtirok etadi. Amaldagi chempion Argentina milliy terma jamoasi bo‘lib, ular 2022 yil finalida penaltilar seriyasida Fransiyani mag‘lub etgandi.
Live
Barchasi