Jazoir Argentinaga qarshi o‘yindagi hakamlik bo‘yicha FIFA’ga shikoyat qildi
Sport
−
20 iyun 1880 1 daqiqa
Jazoir futbol federatsiyasi 2026 yilgi Jahon chempionati doirasida Argentinaga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda polshalik hakam Shimon Marchinyak tomonidan qabul qilingan qarorlar yuzasidan FIFA’ga rasmiy shikoyat yo‘lladi. Bu haqda TSA xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, shikoyatda argentinalik futbolchilar tomonidan sodir etilgan va jazosiz qolgan ikki jiddiy qoidabuzarlik qayd etilgan.
Birinchi holatda hujumchi Lionel Messi o‘yinning 31-daqiqasida Jazoir himoyachisi Ayssa Mandining boldir qismiga zarba bergani ta’kidlangan. Voqea izlari ko‘rinib turganiga qaramay, Marchinyak bu vaziyatda hech qanday kartochka ko‘rsatmagan.
Ikkinchi epizod esa, 74-daqiqada sodir bo‘lgan. Unda Argentina yarim himoyachisi Aleksis Makallister tirsagi bilan Jazoir futbolchisi Ibrohim Mazzaning yuziga tekkan. Natijada, Mazza maydonga yiqilgan, ammo hakam penalti belgilamagan.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 17 iyun kuni bo‘lib o‘tgan bahs Argentinaning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan. Ushbu uchrashuvda Messi 17, 60 va 76-daqiqalarda gol urib, xet-trik muallifi bo‘lgandi. Birinchi tur o‘yinlaridan so‘ng, Argentina “J” guruhida peshqadamlik qilmoqda, Jazoir esa, 4-o‘rinni egallab turibdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq FIFA hakamlar qo‘mitasi raisi Perluiji Kollina Argentina terma jamoasining sardori Lionel Messi ishtirok etgan bahsli vaziyat yuzasidan izoh bergan edi.
Live
BarchasiTurkiyada F-16 halokatga uchradi
12 avgust