Javob zarbasi: Rossiya Ukrainaga tungi hujum uyushtirdi (video)
Olam
−
04 iyul 6303 1 daqiqa
Kecha, 3 iyul kuni Rossiya harbiylari Ukrainaning Sumi shahriga boshqariladigan aviabombalar va dronlar yordamida ommaviy hujum uyushtirdi. Oqibatda 4 kishi, jumladan bir nafar bola halok bo‘ldi, yana 20 kishi tan jarohati oldi. Bu haqda “Meduza” xabar berdi.
Qayd etilishicha, snaryadlardan biri shaharning Kovpakovskiy tumanidagi turar joy hududiga kelib tushgan. Zarba oqibatida ko‘p qavatli uy, do‘kon va yo‘l infratuzilmasiga zarar yetgan.
“Zarba markazida ko‘p qavatli uy, do‘kon va yo‘l bor edi. Hodisa vaqtida u yerda ko‘plab odamlar, jumladan bolalar ham bo‘lgan”, degan Sumi viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Grigorov.
Ma’lum qilinishicha, hujum oqibatida yaralangan 20 kishining barchasi shifoxonaga olib ketilgan. Ularning yarmi og‘ir ahvolda ekani bildirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi harbiylari Donetsk viloyatidagi muhim shaharlardan biri bo‘lgan Konstantinovka ustidan nazorat o‘rnatgani haqida xabar berilgan edi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust