Japarov bilan quchoqlashib turgan holatdagi rasmini yasagan bloger jazolandi

Olam

image

Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda sud blogerni mamlakat Prezidenti Sadir Japarov bilan bog‘liq sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan tasvirni e’lon qilgani uchun jarimaga tortdi. Bu haqda kecha, 28 dekabr kuni advokat Sherdor Abdukaparov ma’lum qildi.

Advokatning so‘zlariga ko‘ra, sud qarori u shahar Ichki ishlar boshqarmasiga murojaat qilingach chiqarilgan. Akuma taxallusi bilan tanilgan bloger ijtimoiy tarmoqlarda neyron tarmoq yordamida yaratilgan tasvirlarni joylagan. Ularda u go‘yoki Prezident bilan quchoqlashib turgandek aks etgan. Ushbu surat aniqlangach, ma’lumot Bishkek shahar IIBga yuborilgan.

Qiz topilib, poytaxtning Oktyabr tuman sudiga olib borilgan. Sud uni aybdor deb topib, 5 500 som (755 ming so‘m) miqdorida jarima belgilagan. Blogerning advokati sud qarorini “insonparvar” deb atagan. U bunday sun’iy intellekt tasvirlari tuhmat shakli sifatida baholanishi mumkinligini ta’kidlab, bunday harakatlar uchun javobgarlik nazarda tutilganini eslatgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq chet elda yurgan paytida ijtimoiy tarmoq orqali O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni haqorat qilgan shaxsga sud hukmi o‘qilib, unga 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston sun'iy intellekt Sadir Japarov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing