Janubiy Koreyada harbiy samolyot qulab tushdi. Qurbonlar bor
Olam
−
29 may 2025 5116 1 daqiqa
Bugun, 29 may ertalab Janubiy Koreya harbiy-dengiz kuchlarining patrul samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda “Yonhap” agentligi xabar berdi.
Favqulodda holat mamlakat janubi-sharqida, Yapon dengizi sohilida joylashgan Poxan shahrida sodir bo‘ldi. Hodisa guvohlarining aytishicha, “tog‘ yonbag‘irlaridan tutun ko‘rinib turardi”. Favqulodda holat sabablari hozircha aniqlanmagan.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot toqqa qulagan. Bortda to‘rt kishi bo‘lgan. Janubiy Koreya harbiy-dengiz kuchlarining P-3 Orion patrul samolyoti qulagan joyda uch kishining jasadi topilgan.
Eslatib o‘tamiz, 24 may kuni Tailandda Bell 212 rusumidagi politsiya vertolyoti qulab tushgandi. Oqibatda 3 kishi halok bo‘ldi.