Tailandda politsiya vertolyoti qulab tushdi. Qurbonlar bor (video)

Olam

image

Bugun, 24 may kuni Tailandda Bell 212 rusumidagi politsiya vertolyoti qulab tushdi. Oqibatda 3 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Matichon online” gazetasi xabar berdi.

Aniqlanishicha, hodisa Prachuapkxirikxan viloyatida, dam olish maskani bo‘lgan Xuaxin shahridan 40 km janubda yuz bergan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bir kishi parashyut bilan sakrab chiqib, omon qolishga muvaffaq bo‘lgan. Hodisaning sabablari yuzasidan hozirda tergov jarayonlari ketmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Tailandda politsiya yuklarni va xodimlarni operatsion maqsadlarda tashish uchun foydalangan samolyot suvga qulab tushgandi. Oqibatda bortda bo‘lgan 5 kishi halok bo‘lgan. Aviahalokat Pxetburi provinsiyasidagi Cha-Am shahrida sodir bo‘lgan. Samolyot mahalliy plyajdan 100 metr uzoqlikda dengizga qulagan.

Jaloliddin Rahmonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

politsiya vertolyot Tailand

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing