Jahon chempionatlari g‘oliblari pul mukofotlari bilan taqdirlandi
Sport
−
13 fevral 2020 6129 3 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Jahon chempionatlarida yuqori natijalarga erishgan sportchilarni taqdirlash to‘g‘risida”gi farmoyishni imzoladi.
Sportning Olimpiya va Paralimpiya, shu jumladan parataekvondo bo‘yicha 2019 yil 3-8 fevral kunlari Antaliya shahrida (Turkiya), og‘ir atletika bo‘yicha 2019 yil 14-28 sentyabr kunlari Pattayya shahrida (Tailand), parasuzish bo‘yicha 2019 yil 16-22 sentyabr kunlari London shahrida (Buyuk Britaniya), parayengil atletika bo‘yicha 2019 yil 7-15 noyabr kunlari Dubay shahrida (BAA) bo‘lib o‘tgan jahon chempionatlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan quyidagi sportchilar:
Husniddin Norbekov - parayengil atletika bo‘yicha yadro uloqtirish yo‘nalishida birinchi o‘rinni (oltin medali) egallagani uchun 12 000 AQSH dollari;
Bobirjon Omonov - parayengil atletika bo‘yicha yadro uloqtirish yo‘nalishida birinchi o‘rinni (oltin medali) egallagani uchun 12 000 AQSH dollari;
Doniyor Soliyev - parayengil atletika bo‘yicha uzunlikka sakrash yo‘nalishida birinchi o‘rinni (oltin medali) egallagani uchun 12 000 AQSH dollari;
Shohsanam Toshpo‘latova - parasuzish bo‘yicha batterflay 100 metr yo‘nalishida birinchi o‘rinni (oltin medali) egallagani uchun 12 000 AQSH dollari;
Bekjon Chevarov - parayengil atletika bo‘yicha uzunlikka sakrash yo‘nalishida birinchi o‘rinni (oltin medali) egallagani uchun 12 000 AQSH dollari;
Islom Асланов - parasuzish bo‘yicha erkin 50 metr, erkin 100 metr hamda batterflay 100 metr yo‘nalishlarida ikkinchi o‘rinni (kumush medali) egallagani uchun 18 000 AQSH dollari;
Sofiya Burhonova - parayengil atletika bo‘yicha yadro uloqtirish yo‘nalishida ikkinchi o‘rinni (kumush medali) egallagani uchun 6 000 AQSH dollari;
Timur G‘iyosov - parayengil atletika bo‘yicha balandlikka sakrash yo‘nalishida ikkinchi o‘rinni (kumush medali) egallagani uchun 6 000 AQSH dollari;
Akbar Jo‘rayev - og‘ir atletika bo‘yicha 109 kg vaznda ikkinchi o‘rinni (kumush medali) egallagani uchun 6 000 AQSH dollari;
Firdavs Musabekov - parasuzish bo‘yicha brass 100 metr yo‘nalishida ikkinchi o‘rinni (kumush medali) egallagani uchun 6 000 AQSH dollari;
Guljanoy Naimova - parataekvondo bo‘yicha 58 kg vaznda ikkinchi o‘rinni (kumush medali) egallagani uchun 6 000 AQSH dollari;
Nozimaxon Qayumova - parayengil atletika bo‘yicha nayza uloqtirish yo‘nalishida uchinchi o‘rinni (bronza medali) egallagani uchun 3 000 AQSH dollari;
Azizjon Marasulov - parataekvondo bo‘yicha 75 kg vaznda uchinchi o‘rinni (bronza medali) egallagani uchun 3 000 AQSH dollari;
Nigoraxon Mirzohidova - parasuzish bo‘yicha chalqancha 100 metr yo‘nalishida uchinchi o‘rinni (bronza medali) egallagani uchun 3 000 AQSH dollari;
Sanjar Muxtorov - parataekvondo bo‘yicha 61 kg vaznda uchinchi o‘rinni (bronza medali) egallagani uchun 3 000 AQSH dollari;
Muattar Nabiyeva - og‘ir atletika bo‘yicha 55 kg vaznda uchinchi o‘rinni (bronza medali) egallagani uchun 3 000 AQSH dollari;
Elbek Sultonov - parayengil atletika bo‘yicha yadro uloqtirish yo‘nalishida uchinchi o‘rinni (bronza medali) egallagani uchun 3 000 AQSH dollari;
Shohsanam Toshpo‘latova - parasuzish bo‘yicha erkin 100 metr yo‘nalishida uchinchi o‘rinni (bronza medali) egallagani uchun 3 000 AQSH dollari;
Muzaffar Tursunxo‘jayev - parasuzish bo‘yicha erkin 50 metr yo‘nalishida uchinchi o‘rinni (bronza medali) egallagani uchun 3 000 AQSH dollari;
Adhamjon Ergashev - og‘ir atletika bo‘yicha 67 kg vaznda uchinchi o‘rinni (bronza medali) egallagani uchun 3 000 AQSH dollari miqdoridagi bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlandilar.
Moliya vazirligi ko‘rsatilgan sportchilarni bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlash Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishini nazarda tutadi.