Jahon banki 2022 yilda o‘zbekistonliklar qanchaga boyishini prognoz qildi
Jamiyat
−
13 yanvar 2022 12701 1 daqiqa
2022 yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining o‘sishi 5,6 foizga yetadi. Bu haqda Jahon bankining “Jahon iqtisodiy istiqbollari” nomli hisobotida keltirilgan.
Hisobot mualliflari 2021 yilda O‘zbekistonda YAIM o‘sishi 6,2 foizni tashkil etgan bo‘lsa, joriy yilda bu o‘sish 5,6 foizgacha sekinlashishini prognoz qilmoqda.
Qayd etilishicha, jahon iqtisodiyoti yangi COVID-19 shtammlari tarqalishi tahdidlari, shuningdek, inflyatsiya, qarz va daromadlar tengsizligining kuchayishi fonida aniq sekinlashuv davriga kirmoqda. Bu rivojlanayotgan mamlakatlarning tiklanishiga xavf solishi mumkin.
Bank ekspertlarining ma’lumotlariga ko‘ra, global iqtisodiy o‘sish 2021 yildagi 5,5 foizdan 2022 yilda 4,1 foizgacha va 2023 yilda 3,2 gacha sekinlashishi mumkin.
Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlarida iqtisodiy o‘sish 2022 yilda 3 foizga sekinlashishi prognoz qilinmoqda. Bu 2021 yildagi ko‘rsatkichning deyarli yarmi, sababi makroiqtisodiy siyosatning keskinlashishi va COVID-19ning takroriy avj olishi, shu jumladan uning omikron shtammi talabga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Live
Barchasi