Zelenskiy Rossiya bilan muzokaralar Quddusda o‘tkazilishidan umidvor
Olam
−
21 mart 2022 10682 1 daqiqa
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy hamon Rossiya bilan muzokaralar Quddusda tashkil etilishi mumkinligiga ishonadi. Bu haqda TASS yozmoqda.
Unga ko‘ra, Isroil Bosh vaziri Naftali Bennet Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarni tashkil etishda vositachi bo‘lishga harakat qilmoqda.
"Biz bu sa’y-harakatlar uchun minnatdormiz, shunda ertami-kechmi Rossiya bilan gaplasha boshlaymiz. Balki Quddus tinchlik topish uchun to‘g‘ri joydir", deydi u bugun, 21 mart kuni yo‘llagan videomurojaatida.
Avvalroq “Financial Times” gazetasi vaziyatdan xabardor manbasiga tayanib, Ukraina Prezidenti Isroil Bosh vaziriga Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralarda vositachi bo‘lish iltimosi bilan murojaat qilgani haqida xabar bergan edi. Keyinroq Kreml matbuot xizmatining xabar berishicha, Bennet telefon orqali suhbatda Rossiya rahbariga harbiy harakatlarni to‘xtatish uchun vositachilik qilishni taklif qilgan.
Eslatib o‘tamiz, mart oyining ikkinchi dekadasi boshida esa Isroil Bosh vaziri Naftali Bennet Moskva va Kiyev o‘rtasidagi vositachilik sa’y-harakatlari doirasida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyga Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning talablarini yetkazdi va “qon to‘kilishining oldini olish uchun Kreml qo‘yayotgan vazifalarni bajarishni taklif qilgandi.
Live
Barchasi