Zelenskiy G‘arbni Ukrainaga qurol yetkazib berishni tezlashtirishga chaqirdi
Olam
−
07 may 2024 6082 1 daqiqa
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy G‘arbni Kiyevga qurol yetkazib berishni tezlashtirishga chaqirdi. Bu haqda u kecha, 6 may kuni kechqurun ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e’lon qilgan videomurojaatida so‘z ochdi.
"Siyosiy qarorlar haqiqiy logistika bilan ta’minlanishi kerak – bizning askarlarimiz qurol-aslahalarni qabul qilishlari kerak", degan Ukraina rahbari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, barcha aloqador tomonlar qurol-yarog‘ yetkazib berish bo‘yicha kechayu kunduz ishlashi kerak, jumladan, AQSH ham.
“The New York Times ”ning yozishicha, Patriot havo hujumidan mudofaa tizimlari Ukraina Qurolli kuchlariga iyun oyi oxiridan erta yetkazib beriladi. Qayd etilishicha, Ukraina Qurolli kuchlarini ushbu jangovar tizimlardan foydalanishga o‘rgatish zarur. Xususan, Germaniya o‘z hududida olti haftalik o‘quv kurslarini o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust