Zelenskiy frontning eng qiyin hududiga bordi
Olam
−
30 dekabr 2023 12412 1 daqiqa
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Donetsk viloyatining Avdeyevka shahriga bordi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida xabar berdi.
Qayd etilishicha, Zelenskiy front chizig‘idagi barcha askarlarga xizmatlari uchun va bunday jangchilar tufayli butun mamlakat omon qolgan yil uchun minnatdorlik bildirgan.
“Shaxsan men askarlarga minnatdorlik bildirdim. Biz qo‘mondon bilan mudofaa holati va asosiy ehtiyojlarni muhokama qildik”, deb yozgan Zelenskiy.
U Avdeyevkani frontning eng qiyin sektorlaridan biri deb atagan.
Shuningdek, u Ukraina Qurolli kuchlarining 110-alohida mexanizatsiyalashgan brigadasi jangchilarini taqdirlagan.
Zelenskiy bilan birga Prezident devoni rahbari Andrey Yermak ham taqdirlashda ishtirok etgan.
Urush paytida Zelenskiy frontdagi jangchilar pozitsiyalariga bir necha bor tashrif buyurgan. U Izyum, Xerson, Baxmut yaqinida bo‘lgan. Avdeyevkada 2023 yil aprel oyida tashrif buyurgan.
Live
Barchasi