O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi yig‘ini yakunlandi

Sport

image

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 14 fevral kunidan boshlab Ispaniyada yig‘inga kirishgan edi. Terma jamoa a’zolari u yerda 25 fevralga qadar mashg‘ulot olib borishdi. 

Yig‘in davomida yosh futbolchilar Shveysariyaning “Delemon” (2:2) va Gruziyaning “Lokomotiv” (3:2) jamoalariga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazishdi.  Shundan so‘ng Lyubinko Drulovich boshchiligidagi Olimpiya terma jamoasi yig‘inni Turkiyada davom ettirdi. Bu yig‘in davomida olimpiyachilar “Istambul Bashakshehir” klubining U-23 jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazib, 1:1 hisobida durang qayd etishdi. Kecha futbolchilar Turkiyadagi yig‘inni yakunlab, O‘zbekistonga qaytib kelishdi. 

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi shu yilning 22-26 mart kunlari Toshkentda o‘tkaziladigan Osiyo chempionati saralashida ishtirok etadi. Terma jamoa a’zolari Osiyo chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun Tojikiston, Hindiston va Pokiston terma jamoalari bilan kuch sinashishadi.
 


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi

Baholaganlar

12

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar