Zangiotadan Sergeliga qancha mahalla va uy o‘tkazilgani ma’lum qilindi

Jamiyat

−

image

Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi qator ijtimoiy ob’ektlar Toshkent shahrining Sergeli tumaniga o‘tkazildi. Bu haqda Kadastr agentligi ma’lum qildi.

Hozirgacha quyidagi ob’ektlar Zangiotadan Sergeli tumaniga o‘tkazildi:

  • mahallalar – 13 ta;
  • ko‘p qavatli turar joylar – 23 ta;
  • ko‘p qavatli turar joylardagi honadonlar – 335 ta;
  • yakka tartibdagi uy-joylar – 10 954 ta;
  • noturar joylar – 535 ta;
  • maktablar – 7 ta;
  • maktabgacha ta’lim muassasalari – 5 ta;
  • diniy muassasalar – 2 ta;
  • qabristonlar – 4 ta;
  • madaniyat markazlari – 1 ta;
  • tibbiy muassasalar – 2 ta.

Zangiota tumanidan Sergeli tumaniga o‘tayotgan aholining doimiy yashash manzili Toshkent shahri Sergeli tumani etib belgilanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

100

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing