Yuqori Chirchiqda hokimlik yerini 200 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida hokimlik zaxirasidagi 5 gektar yerni 200 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.S. Yuqori Chirchiq tumani Miyam-Kangli mahallasida joylashgan hokimlik zaxirasidagi 5 gektar yer maydonini 200 ming dollar evaziga sotmoqchi bo‘lgan. U o‘zining yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali tuman hokimining tegishli qarorini chiqartirib, uning nomiga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishini va’da qilgan hamda kelishilgan puldan 50 ming dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi (pora berish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazm viloyati Urganch shahar prokuraturasi tergovchisi avval pora olib, keyin uni qaytarib berayotgan vaqtida qo‘lga tushgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Yuqori Chirchiq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing