Yilning eng yaxshi murabbiyi va darvozaboni uchun nomzodlar e’lon qilindi
Sport
−
07 noyabr 2025 1709 1 daqiqa
FIFA 2025 yilgi “The Best FIFA” doirasida “Yilning eng yaxshi murabbiyi” va “Yilning eng yaxshi darvozaboni” nominatsiyalari bo‘yicha nomzodlar ro‘yxatini ham e’lon qildi. Bu haqda tashkilotning rasmiy sayti xabar berdi.
“Eng yaxshi murabbiyi” nominatsiyasi uchun 7 nafar nomzod kurashadi.
- Luis Enrike (PSJ);
- Xansi Flik (“Barselona”);
- Mikel Arteta (“Arsenal”);
- Enso Mareska (“Chelsi”);
- Arne Slot (“Liverpul”);
- Roberto Martines (Portugaliya terma jamoasi);
- Xaver Agirre (Meksika terma jamoasi) bor.
Ular butun dunyo bo‘ylab ekspertlar guruhi tomonidan tanlab olindi va o‘tgan mavsumdagi ajoyib natijalari bilan e’tirofga sazovor bo‘ldi.
FIFA, shuningdek, “Yilning eng yaxshi erkaklar darvozaboni” nominatsiyasida sakkiz nafar nomzod ro‘yxatini taqdim etdi.
- Alison Beker (“Liverpul”);
- Tibo Kurtua (“Real Madrid”);
- Janluiji Donnarumma (“PSJ” / “Manchester Siti”);
- Emiliano Martines (“Aston Villa”);
- Manuel Noyer (“Bavariya”);
- David Raya (“Arsenal”);
- Yan Zommer (“Inter”);
- Voysex ensniy (“Barselona”).
Nomzodlar FIFA ekspertlar komissiyasi tomonidan futbolchilarning 2024 yil 11 avgustdan 2025 yil 2 avgustgacha bo‘lgan davrdagi o‘yinlari asosida tanlab olingan. Ovoz berishi allaqachon boshlangan va joriy yilning 28 noyabrga qadar davom etadi.
Live
Barchasi