Yilning eng shou-shuvli musiqiy voqeasi – Pepsi Music Fest boshlandi

Biznes

image

2 avgust kuni Qarshi shahrida uzoq kutilgan Pepsi Music Fest boshlandi va keyingi kun Termizda katta muvaffaqiyat bilan davom etdi. Mamlakatning eng yirik va sevimli musiqiy festivallaridan biri yana bir bor minglab insonlarni musiqa va hayajonli tuyg‘ular qurshovida birlashtirdi.

Festival mehmonlari yorqin va qiziqarli dasturdan bahramand bo‘ldi. Musiqiy kecha butun tadbirga yuqori kayfiyat bergan DJ-setlar bilan boshlandi. Double Touch jamoasining chiqishlari ishtirokchilarni yanada faollashtirib, ularni raqsga chorladi. Sahnada Konsta, King Macarella, MillyMallyMoe, DJ Frost va DJ Gera kabi mashhur san’atkorlarning jonli ijrolari yangrab, tomoshabinlarni maftun etdi.

Konsta va MillyMallyMoe kabi qo‘shiqchilarning sevimli xitlariga tomoshabinlarni bir ovozdan jo‘r bo‘lishi barchaga do‘stonalik kayfiyatini ulashdi. Musiqiy chiqishlar bilan bir qatorda shou-dasturlar, interaktiv o‘yinlar va musobaqalar tashkil etilib, tadbirning kulminatsiya qismida lazer-shousi ko‘pchilikning ko‘nglidan joy oldi. Festival yakunida tungi osmonni yoritgan va mehmonlar qalbidan joy olgan ulkan salyut tashkil etildi.

Yirik va ommaviy tadbirlarni tashkil etish, yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash International Beverages Tashkent kompaniyasi o‘z oldiga qo‘ygan yuksak maqsadlardan biridir. PepsiCo kompaniyasining Markaziy Osiyodagi yirik bottlerlaridan biri bo‘lgan kompaniya Mirinda, 7Up, Sting, Mountain Dew, Lipton, Adrenaline Rush va Rockstar kabi xalqaro brendlarni ham ishlab chiqaradi.

Pepsi Music Fest shunchaki musiqiy tadbir emas. U brend falsafasining ajralmas qismi hisoblanadi. Pepsi – yorqin ta’m, jo‘shqin hayot va unutilmas lahzalarni qadrlaydigan barcha o‘zbekistonliklarning tanlovidir.

Festival o‘zining musiqiy sayohatini mamlakat bo‘ylab davom ettirib, yaqin orada yana 8 ta shaharni qamrab oladi. Bu 100 000 dan ortiq mehmonlarga musiqa, his-tuyg‘ularga to‘la yozni taqdim etish uchun bo‘ladi!

 Pepsi Music Fest 2025 geografiyasi:

  • 8 avgust - Namangan, Islom Karimov ko‘chasidagi “Yangi O‘zbekiston” parki;
  • 9 avgust - Andijon, Loyihaviy Mashrab ko‘chasi, MKI yaqinidagi avtoturargoh 
  • 10 avgust - Farg‘ona, Al-Farg‘oniy bog‘i
  • 16 avgust - Urganch, Manguberdi maydoni
  • 17 avgust - Nukus, “Mustaqillik” maydoni
  • 22 avgust - Samarqand, Registon maydoni yaqinida
  • 23 avgust - Navoiy, viloyat hokimligi maydoni
  • 24 avgust - Buxoro, Ark qal’asi hududi

Barcha tadbirlarga kirish bepul!

O‘z shahringizni tanlang va tashrif buyuring – Pepsi sizni kutmoqda!

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Pepsi Music Fest

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing