Yevrokomissiya Rossiyaga qarshi 11-sanksiya paketini tayyorladi

Olam

image

Yevropa komissiyasi Rossiyaga qarshi 11-sanksiya paketini ishlab chiqishni yakunladi va uni hamjamiyat mamlakatlariga tasdiqlash uchun taqdim etdi. Bu haqda bugun, 8 may kuni Bryusseldagi brifingda Yevrokomissiya Matbuot xizmati rahbari Erik Mamer ma’lum qildi.

“Men 11-sanksiya paketi a’zo mamlakatlarga topshirilganini tasdiqlashim mumkin. Doimiy vakillar qo‘mitasida elchilarning birinchi muhokamasi chorshanba (10 may) kuni bo‘lib o‘tadi", degan Erik Mamer.
Biroq Mamer sanksiyalar mazmuniga izoh berishdan bosh tortgan, shuningdek, 11-paketning kuchga kirishi mumkin bo‘lgan shartlarni ham aytmagan.

Aytish joizki, bir qator Yevropa ommaviy axborot vositalari Yevropa Ittifoqi Rossiya bilan iqtisodiy hamkorlikning taqiqlanishi mumkin bo‘lgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘nalishlari to‘plamini amalda tugatganini, shuning uchun 11-paket sanksiyalardan zararni minimallashtirishga qarshi kurashish va ularni chetlab o‘tish choralariga tegishli bo‘lishi mumkinligi haqida xabar bergan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Yevrokomissiya Ukrainadagi mojaro boshlanganidan beri birinchi marta Rossiyaga texnik jihozlar yetkazib berayotgan Xitoy kompaniyalariga qarshi sanksiyalar joriy etishni taklif qilgandi. Dastlabki ro‘yxatga 3HC Semiconductors, King-Pai Technology, Sinno Electronics, Sigma Technology, Asia Pacific Links, Tordan Industry va Alpha Trading Investments kiradi. Yetti kompaniyaning barchasi yarimo‘tkazgichlar, mikrochiplar va elektronika ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Evropa sanktsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing