Yoshlar tadbirkorligi uchun 200 mln dollar ajratiladi

Jamiyat

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 24 fevral kuni “Ko‘ksaroy” qarorgohida o‘tkazilayotgan yoshlar bilan uchrashuvda yoshlar tadbirkorligi uchun qo‘shimcha 200 million dollar ajratilishini e’lon qildi. 

Har yili 600 ming yoshlar mehnat bozoriga kirib kelmoqda, 2030 yilga borib, ular 1 millionga yetadi. Yoshlarga o‘ziga mos ish topishi uchun sharoit yaratish – eng muhim masala ekani qayd etilgan. 

Yoshlar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazilib, ularning uchdan biri tadbirkor bo‘lish istagini bildirgan. O‘tgan yili yoshlar bandligini ta’minlash uchun banklar va Yoshlar ishlari agentligiga 400 million dollar berilgan edi. Xususan, “Yoshlar biznesi”, “Kelajakka qadam” dasturlari hisobidan 15 ming nafar yoshlar o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘ygan, 50 ming odamni ish bilan ta’minlagan.

O‘zini o‘zi band qilgan yoshlar uchun kredit miqdori 100 milliondan 300 million so‘mgacha oshiriladi. Yosh tadbirkorlar loyihalari uchun 10 milliard so‘mgacha kredit ajratish (hozir 5 milliard so‘mgacha) mumkin bo‘ladi. Innovatsion startap loyihalariga 100 ming dollargacha investitsiya kiritishga ruxsat beriladi. 

Servis va umumiy ovqatlanish sohasida 1 mingdan ziyod ish o‘rni yaratgan mahalliy brendlardan franshiza olib, filial ochishga qiziqayotgan yoshlar uchun qulay moliyalashtirish paketlari joriy qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 24 fevral kuni “Ko‘ksaroy” qarorgohida o‘tkazilayotgan yoshlar bilan uchrashuvda rektorlarni keskin tanqid qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev yoshlar Ko'ksaroy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing