Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi “zam”i Vazirlar Mahkamasiga o‘tkazildi

Jamiyat

image

Sarvar G‘aniyevich Ashurov Vazirlar Mahkamasining Yoshlar, jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari kotibiyati mudiri lavozimiga tayinlandi.

Shu munosabat bilan u Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. U bu lavozimga 2020 yilning 10 iyulida tayinlangan edi.

Ma’lumot uchun, Sarvar Ashurov 1982 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Milliy universiteti va Toshkent moliya instituti bitiruvchisi hisoblanadi. U muqaddam “Kamolot” YOIH raisi o‘rinbosari va tashkilotning vaqtinchalik raisi lavozimlarida ham faoliyat ko‘rsatgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

131

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing