Yerlarni noqonuniy pullayotganlar ushlandi. Ular orasida mansabdor ham bor (video)
3-sahifa
−
18 Sentabr 2025 6673 2 daqiqa
Jizzax, Surxondaryo va Toshkent viloyatida yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlari aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Xususan, Davlat kadastrlar palatasining Jizzax viloyatidagi tumanlardan biridagi filiali boshlig‘i tuman hokimligi tomonidan o‘zining turmush o‘rtog‘i nomiga sotish huquqisiz, ijara shartnomasi asosida ajratilgan 42 sotix yer maydonini xaridorga sotib, keyinroq hokimiyat idoralaridagi tanishlari orqali kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 28 ming dollari talab qilgan. O‘tkazilgan tezkor tadbirda u so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Surxondaryo viloyatida kuzatilgan holatda esa Qumqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1974 yilda tug‘ilgan fuqaro Davlat kadastrlar palatasining Jarqo‘rg‘on tumani filiali kadastr muhandisi bilan til biriktirib, o‘zi tomonidan noqonuniy egallab olingan, aslida Jarqo‘rg‘on tumani hokimligi zaxirasida bo‘lgan 40 sotix yer maydonini xaridorga 200 million so‘mga sotishga va 4 million so‘m evaziga uning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishga kelishgan. Har ikkalasi kelishilgan pulni olgan vaqtlarida ularning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi.
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘inlaridan birining raisi o‘zganing nomida bo‘lgan 15 sotix maydondagi yakka tartibdagi turar-joyni va unga tutash joylashgan davlat zaxirasidagi 1 gektar 35 sotix yer maydonini mansabdor tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 150 ming dollari talab qilib, oldindan 50 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga olindi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatida 18 sotix yerni 25 ming dollarga sotishga uringan fermer qo‘lga tushgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025