YeI Rossiya gazidan butunlay voz kechmoqchi

Olam

image

Yevropa Ittifoqi 2027 yil oxirigacha Rossiya gazi, jumladan, suyultirilgan gaz importini to‘xtatish bo‘yicha choralar tayyorlamoqda. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Yevropa Ittifoqi uchun asosiy muammo Rossiyadan suyultirilgan gaz yetkazib berishning ko‘payishi bo‘lgan, bu esa “Gazprom”ning quvurlar orqali yetkazib berish qisqarishini qoplagan.

“Joriy yilning iyun oyida komissiya yangi bitimlar va spot shartnomalarini taqiqlashni taklif qiladi – ular 2027 yilgacha bekor qilinishi kerak”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, importning katta qismini qoplaydigan uzoq muddatli kelishuvlar “ol yoki to‘la” shartlari tufayli murakkab masala bo‘lib qolmoqda. Agar Yevropa Ittifoqi AQSH, Qatar va Afrikadan muqobil yetkazib berishni ta’minlasa, Rossiya gazlarini 2027 yilgacha bekor qilish rejalashtirilgan.

Manbalarga ko‘ra, Rossiya gazidan voz kechish global suyultirilgan gaz ishlab chiqarish quvvatlarining o‘sishi tufayli narxlarga keskin ta’sir ko‘rsatmasligi kerak.

Nashrga ko‘ra, yakuniy qaror rasman e’lon qilinishidan oldin o‘zgartirilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Ukraina urushini to‘xtatishga intilish belgilarini ko‘rsatmayotgan Kremlga nisbatan yangi iqtisodiy choralarni ishlab chiqqani haqida xabar berilgan edi.  Vashington tomonidan tayyorlangan sanksiyalar “Gazprom”, tabiiy resurslar bilan ishlovchi ayrim yirik kompaniyalar hamda bank sohasidagi firmalarni qamrab oladi.


Maqola muallifi

Teglar

gaz Donal'd Tramp Evropa Ittifoqi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing