Yaponiya malikasi 101 yoshida vafot etdi
Olam
−
15 noyabr 2024 4084 2 daqiqa
Yaponiya imperatorlik oilasining eng keksa a’zosi malika Yuriko Mikasa 101 yoshida vafot etdi. Bu haqda imperatorlik maishiy idorasiga tayanib, NHK xabar berdi.
Aniqlik kiritilishicha, malika Yuriko joriy yilning 3 mart kunidan beri Tokio klinikalaridan birida shifokorlar tomonidan qo‘yilgan insult va aspiratsion pnevmoniya belgilari bilan davolanayotgan edi.
4 iyun kuni Yuriko Mikasa o‘zining 101 yoshini nishonlagan. NHK telekanalining qayd etishicha, malika o‘limi uning turmush o‘rtog‘i shahzoda Takahitoning sakkiz yil avval vafot etganidan beri imperator oilasida birinchi yo‘qotish bo‘lgan. Malika Yuriko vafotidan keyin imperator oilasida 16 kishi qoldi.
Ma’lumot uchun, malika Mikasa turli xayriya tashkilotlarining, ayniqsa an’anaviy yapon madaniyatini saqlash bilan shug‘ullanadigan tashkilotlarning faxriy prezidenti edi. Shuningdek, u Yaponiya Qizil Xoch jamiyatida faol rol o‘ynagan. Mikasa shahzoda Takahitoning bevasi, imperator Xiroxitoning singlisi va hozirgi monarx Naruxitoning buvisi edi. 1948 yilda malika “Imperial Gift” jamg‘armasining prezidenti bo‘ldi, u 2010 yil sentyabr oyida iste’foga chiqqandi. Malika 1999 yilda ilk bor yurak stimulyatori ishlatgan. U 2019 yilda imperator Naruxitoning taxtga o‘tirish marosimida ishtirok etmagan. 2020 yil sentyabr oyida imperatorlikning 97 yoshli vakilasi yurak yetishmovchiligi va pnevmoniya belgilari bilan kasalxonaga yotqizilgan, ammo ikki haftadan so‘ng unga javob berilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II 96 yoshida vafot etgani xabar qilingandi. Uning jasadi Edinburgdagi saroyga joylashtirilgandi.
Live
Barchasi