Yangi o‘quv yilida qancha bola 1-sinfga boradi?

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 2025-2026 o‘quv yilida 700 mingdan ortiq o‘quvchi 1-sinfga qabul qilinishi rejalashtirilgan. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, 2025-2026 o‘quv yilida 700 mingdan ortiq maktab yoshidagi bolalar 1-sinfga qabul qilinishi rejalashtirilgan. Bugungi kunga qadar  555 564 nafar o‘quvchi (79 foiz) qabul qilingan. 

“700 mingdan ortiq o‘quvchi qabul qilish rejalashtirilgan, hozirga qadar 555 564 nafar o‘quvchi (79 foiz) qabul qilingan. Qabul jarayonlari davom etmoqda”, deydi matbuot kotibi.

Ma’lumot uchun, 2023-2024 o‘quv yilida 732 mingdan ortiq,  2024-2025 o‘quv yilida esa 700 mingdan ortiq maktab yoshidagi bolalar 1-sinfga o‘qishga borgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Dilfuza Sobirova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing