Yangi tinchlik loyihasi Ukraina manfaatlariga to‘liq javob beradi – Oq uy

Olam

image
Urushni 1 kunda tugatishini aytgan Tramp va’dasini bajarishga yana urinib ko‘ryapti. Bu gal biror natija bo‘ladimi? north_east

Urushni 1 kunda tugatishini aytgan Tramp va’dasini bajarishga yana urinib ko‘ryapti. Bu gal biror natija bo‘ladimi?

Ukraina delegatsiyasi Jenevadagi muzokaralar yakunlari bo‘yicha tayyorlangan tinchlik kelishuvi loyihasi Ukraina milliy manfaatlariga to‘liq mos kelishini bildirgan. Bu haqda Rossiya–Ukraina mojarosini to‘xtatish bo‘yicha AQSHning tinchlik rejasiga bag‘ishlangan Jeneva muzokaralari yakunlari bo‘yicha Oq uy e’lon qilgan bayonotda so‘z boradi.

Ma’lum qilinishicha, AQSH Davlat kotibi Marko Rubio, Prezident Donald Trampning Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiv Uitkoff va Prezidentning kuyovi Jared Kushner Ukraina delegatsiyasi bilan birgalikda tinchlik kelishuvi loyihasi matnini yakuniy ko‘rib chiqqan.

Bayonotda ta’kidlanishicha, uchrashuv konstruktiv va samarali ruhda o‘tgan. Ukrainani o‘ylantirayotgan barcha asosiy masalalar – xavfsizlik kafolatlari, uzoq muddatli iqtisodiy rivojlanish, infratuzilmalarni himoya qilish, dengizda erkin suzish huquqi va siyosiy suverenitet – har tomonlama ko‘rib chiqilgan.

Ukraina vakillari kiritilgan o‘zgartirishlar va izohlardan keyingina hujjatning amaldagi versiyasi Ukraina milliy manfaatlarini to‘liq aks ettirishini, strategik ehtiyojlariga javob berishini va mamlakat xavfsizligini ta’minlash uchun ishonchli, amaliy mexanizmlarni o‘z ichiga olishini tasdiqlagani aytilgan.

Ikki tomon erishilgan ilgarilashdan mamnunligini bildirgan va kelishuvni yakuniylashtirish uchun maslahatlarni davom ettirishga kelishib olgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing