Yana bir afsona Messi jamoasiga qo‘shilyapti

Sport

image

Ispaniyalik yarim himoyachi Andres Inesta faoliyatini “Inter Mayami”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda “Offsider” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 39 yoshli futbolchi MLS klubi bilan shartnoma borasida dastlabki kelishuvga erishgan.

Inestaning sobiq jamoadoshlari Lionel Messi va Serxio Buskets ham aynan Amerika klubida to‘p tepadi. 

Inestaning so‘nggi klubi “Vissel Kobe” edi. Futbolchi 2018 yilda Yaponiya jamoasiga erkin agent sifatida “Barselona”dan o‘tgandi. Yarim himoyachi o‘tgan mavsumda klub safida barcha turnirlarda 6 ta o‘yin o‘tkazdi. “Vissel Kobe” bilan Inesta ikkita sovrin – Yaponiya kubogi va superkubogini qo‘lga kiritdi.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi Andres In'esta Inter Mayami

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing