Yamal La Liga chempionligi bo‘yicha Ronaldudan o‘zib ketdi
Sport
−
11 may 1580 1 daqiqa
Kecha, 10 may kuni “Barcyelona” Ispaniya La Ligasining 35-turida “Real Madrid”ni mag‘lub etib, muddatidan avval mamlakat chempioniga aylandi. Ushbu chempionlikdan so‘ng, Lamin Yamal La Liga sovrinlari soni bo‘yicha Krishtianu Ronalduni ortda qoldirdi.
“Barcyelona”ning 18 yoshli hujumchisi professional faoliyatidagi uchinchi La Liga chempionligini qo‘lga kiritdi.
Bungacha Yamal 2024-2025 va 2022-2023 yilgi mavsumlarda ham La Liga g‘olibiga aylangandi. E’tiborlisi, 2022-2023 yilgi mavsum futbolchining professional futboldagi debyut mavsumi bo‘lgan.
Shu tariqa, Yamal “Barselona” safida atigi to‘rt mavsum ichida 3 ta Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi. Ronaldu esa, “Real Madrid”dagi to‘qqiz mavsumi davomida ikki marta La Liga g‘olibiga aylangan.
Shuningdek, Yamal kataloniyaliklar bilan jami 6 ta sovrinni qo‘lga kiritgan. Ularning orasida 3 ta La Liga chempionligi, bitta Qirol kubogi va 2 ta Ispaniya Superkubogi mavjud. “Barselona” esa, o‘z tarixida 29-bor Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi.
Live
Barchasi