Erkinlikni ham me’yori bo‘ladi – Mirziyoyev YPX xodimlarini urib, so‘kishayotganiga yechim topishni buyurdi

Jamiyat

image

So‘nggi paytlarda O‘zbekistonda yo‘l harakati xavfsizligi inspektori faoliyatiga qarshilik ko‘rsatish, ularni obro‘sizlantirish holatlari ko‘paymoqda. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 11 fevral kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda shu masalaga e’tibor qaratdi.

“So‘nggi paytlarda yo‘l harakati xavfsizligi inspektori faoliyatiga qarshilik ko‘rsatish, ularni obro‘sizlantirish holatlari ko‘paymoqda. Mana internetda ham chiqib ketyapti, yo‘l harakati xavfsizligi inspektorlarini uryapti, so‘kyapti, haqorat qilyapti, mashinani ustiga haydayapti, unda ham misollar bo‘lgan O‘zbekiston sharoitida. Qonun yo‘q. Bechora inspektor nima qilishi kerak. Yo‘q, bironta odam, bironta deputat “janob Prezident buni o‘zgartiraylik, bu adolatsizlik bo‘lyapti” demayapti. Erkinlikni ham me’yori bo‘ladi, bu erkinlik degani qonunni hurmat qilish degani. Qonunlarni ko‘rib chiqishda bu masalaga ham alohida e’tibor qaratish zarur”, deydi davlat rahbari.

Shuningdek, haydovchilarning javobgarligini majburiy sug‘urta qilishda to‘lanadigan sug‘urta badalini jarima ballaridan kelib chiqib belgilash tartibi joriy etiladi. 

Yig‘ilishda yo‘l harakati qoidalari ancha eskirgani uchun xalqaro standartlar asosida yangidan ishlab chiqilishi haqida ham ko‘rsatma berildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

429

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing