Xon Saroy kompaniyasi “Vatan Residence” loyihasidagi qurilish jarayonini namoyish etdi
Biznes
−
22 aprel 6888 2 daqiqa
Ko‘pchilik qurilish kompaniyalari uylarning faqat maketini yoki tayyor holatini taqdim etadi. Biroq, qurilish jarayonining o‘zi ko‘pincha ochiq-oydin namoyish etilmaydi. Shu sababli, sifat masalasi doimo mijozlarni o‘ylantirib keladi. Bugun esa, Xon Saroy sizga aynan shu imkoniyatni taqdim etadi – qurilish jarayonini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rib, mustaqil baho berishingiz mumkin!

Joriy yilning 18 aprel kuni ko‘chmas mulk sohasida ishonch va sifat tamoyillari bilan ajralib turadigan Xon Saroy kompaniyasining navbatdagi "Vatan Residence" loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda Xon Saroy kompaniyasi odatdagidek, o‘z mijozlariga qurilish jarayonining barcha bosqichlarini ipidan ignasigacha tanishtirdi.
.png)
Bundan tashqari, tadbirda Xon Saroy kompaniyasining doimiy mijozlariga aylangan blogerlar va san’atkorlar ham ishtirok etishdi. Mehmonlar beton, armatura va boshqa konstruktiv materiallarning sifat darajasi, talabga muvofiqligi hamda ularning uzoq muddatga chidamliligi bo‘yicha bevosita mutaxassislardan javob olishdi.
.png)
Ma’lumot uchun, "Vatan Residence" loyihasi poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan bo‘lib, umumiy maydoni 2 gektarni tashkil etadi. Loyiha 13 blokdan iborat bo‘lib, jami 1600 ta xonadonni o‘z ichiga oladi.
.png)
Xon Saroy kompaniyasi Toshkent shahrida 6 yildan ortiq faoliyat yuritib, shu vaqt ichida 24 ta loyihani boshlab yuborgan. Ulardan 14 tasi muvaffaqiyatli yakunlanib, o‘z egalariga topshirildi. Bundan tashqari, hozirda yana 10 ta loyihada qurilish ishlari olib borilmoqda.
.png)
Telefon: +998712007400
Reklama huquqi asosida
Live
Barchasi