“Vatanparvar” tashkiloti Mudofaa vazirligi tizimiga o‘tkaziladi
Jamiyat
−
28 yanvar 2021 6706 1 daqiqa
Mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti 210 ta hududiy bo‘linmasi bilan birgalikda Mudofaa vazirligi tizimiga o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27 yanvar kuni yoshlarni ish bilan ta’minlash va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga bag‘ishlangan yig‘ilishda ikki hafta ichida tegishli qaror loyihasini tayyorlashga ko‘rsatma berdi.
Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda yoshlarning vatanparvarlik tuyg‘ularini tarbiyalash va ularga kasb-hunar o‘rgatish vazifalarini bajarmayotganligini ta’kidladi.
“Vatanparvar” jamoat tashkilotining asosiy faoliyati yoshlar va fuqarolarni ma’naviy-axloqiy va harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi bilan shug‘ullanish, ularda vatanparvarlik, Vatanga muhabbat tuyg‘ularini shakllantirishdir.
Live
Barchasi