Vatan Qurilish kompaniyasi va’dasini bajardi: 3000 ta uy o‘z vaqtida egalariga topshirildi
Biznes
−
14 Oktyabr 715 3 daqiqa
Uy olganlarning ko‘pchiligi muddat cho‘zilishidan xavotirda yurgan bir davrda Vatan Qurilish kompaniyasi Yangi Qo‘yliq 1 dagi 3000 ta xonadonni egalariga topshirdi. Kompaniya rahbari Xojimurod Xayitmuradov esa yangi loyihada yanada qat’iy majburiyat olmoqda: uy o‘z vaqtida topshirilmasa – 40 foizgacha jarima.
“Aytilgan gapga javob berishga harakat qilamiz”, deydi Xayitmuradov.
Natija ham ko‘z oldida: kalitlar topshirildi, kadastr hujjatlari 2026 yil aprel oyida tayyor bo‘ldi, birinchi loyihada esa quruvchidan birorta ham xonadon qolmadi.
Ikkinchi, uchinchi uy – shu quruvchidan
.png)
Eng qiziq jihati – mijozlar qaytib kelmoqda.
“Ayrimlar o‘zlariga ikkinchi, uchinchi kvartiralarni sotib olishmoqda. Ko‘pchilik esa do‘stlariga, qarindoshlariga tavsiya qilmoqda”, dedi kompaniya rahbari.
Xaridorlardan biri qurilishni boshidan Instagram orqali kuzatib borganini aytdi. U birinchi loyihadan kvadrat metri taxminan 6 mln so‘mdan uy olgan.
Boshqasi rahbarning videolarini ko‘rib, kompaniyaga ishonch bildirgan.
Yana bir mijoz dastlab ikkilanganini tan oldi. Qurilish davomida ob’ektga kelib turgan, uy bitgach, ichiga kirib ko‘rgan. “Natija kutganingizga mos keldimi?” degan savolga qisqa javob berdi: “Ha”.
Kompaniya mijozlarni quvontirishni ham unutmadi: xonadon egalariga Cobalt avtomobili, 1 xonali uy, maishiy texnika va pul sovg‘alari berildi.
.jpg)
10 000 xonadon – Yangi Qo‘yliqdan oldin ham
Vatan Qurilish kompaniyasi bugungi kunga qadar 10 000 dan ortiq xonadonni o‘z egalariga topshirgan. Yangi Qo‘yliq kompaniyaning ilk tajribasi emas. Undan oldin poytaxtning turli hududlarida bir qancha majmualar qurib bitkazilgan.
Yakkasaroy tumanida:
– Yakkasaroy turar-joy majmuasi (2015)
– Madrid turar-joy majmuasi (2019)
– Yakkasaroy City Mall (2023)
Yunusobod tumanida:
– IKAT turar-joy majmuasi (2024)
Qo‘yliq Katta Bozori ham Vatan Qurilish kompaniyasi tomonidan qurilgan.
.jpg)
Yangi loyiha – yangi va’dalar
Yangi Qo‘yliq 2 da qurilish boshlangan, u yerda yana 3 500 ta xonadon rejalashtirilgan. Kvadrat metr narxi 7 mln so‘mdan, oylik to‘lov 4 mln so‘mdan boshlanadi. Bo‘lib to‘lash – 40 oy, penya va jarimalarsiz. To‘liq to‘lovda chegirma – 33 foizgacha.
.jpg)
Kompaniya va’da qilingan uyni muddatida topshirmasa, 40 foizgacha jarima to‘lashini ma’lum qilgan. Uning hisoblash tartibi va topshirish muddati shartnomada belgilanadi.
Yangi Qo‘yliq jami 53 gektar maydonni egallaydi. Majmua Yangi Toshkent hududiga yaqin, Qo‘yliq Katta Bozori va Food City yonida joylashgan. Hududda maktab, bog‘cha, shifoxona, savdo markazi va amfiteatr qurish rejalashtirilgan.
Yangi Toshkent va Hasanboyda ham qurilish davom etmoqda
Vatan Qurilish kompaniyasi hozirda yana ikki majmuani qurmoqda. Yangi Toshkent hududida biznes-klassdagi Ostona turar-joy majmuasi barpo etilmoqda.
Toshkent tumani, Hasanboyda esa O‘rmon Saroyi turar-joy majmuasida qurilish ishlari olib borilmoqda. Har ikki loyihada xonadonlarni topshirish muddati – 2027 yil 4-chorak.

Vatan Qurilish kompaniyasi – 2013 yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan oilaviy biznes. Qurilish jarayoni va yangi takliflar haqida Xojimurod Xayitmuradov shaxsiy sahifalarida o‘zi xabar berib boradi.
Vatan Qurilish kompaniyasi loyihalari va takliflari haqida ma’lumot olish uchun:
Telefon: +998 55 515 01 00
Instagram: @vatan.uzbekistan
Reklama huquqi asosida
Live
Barchasi