Valenten Vashero “Shanghai Masters”da tarixiy g‘alabaga erishdi
Sport
−
13 Oktabr 771 1 daqiqa
Monakolik tennischi Valenten Vashero “Shanghai Masters” turnirida g‘olib chiqib, musobaqa tarixida eng past reytingli chempionga aylandi. Final oldidan ATP reytingida 204-o‘rinda turgan 27 yoshli sportchi finalda fransiyalik Artyur Rinderkneshni 4/6, 6/3, 6/3 hisobida mag‘lub etdi.
2 soat-u 14 daqiqa davom etgan final bahsida Vashero 8 ta, raqibi esa 11 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Uchrashuv davomida har ikki tennischi bittadan qo‘shxatoga yo‘l qo‘ydi. Bu ularning o‘zaro ilk to‘qnashuvi bo‘ldi.
G‘alaba evaziga Vashero 1020 reyting ochkosi va 1 million 124 ming 380 dollar mukofot pulini qo‘lga kiritdi. Bu uning butun faoliyati davomida to‘plagan mukofotlaridan ham ko‘proq. Turnirdan so‘ng e’lon qilingan yangi ATP reytingida u 40-o‘ringa ko‘tarildi.
Ma’lumot uchun, finalda mag‘lub bo‘lgan Rinderknesh esa 650 ochko va 597 890 dollar ishlab oldi.
Live
Barchasi