Vahshiy jinoyatchi qatldan qutulish uchun ko‘zini o‘yib oldi va yeb qo‘ydi
Olam
−
11 mart 2023
25917AQSHning Texas shtatida o‘limga hukm qilingan qotil qatldan qochish uchun ko‘zlarini o‘yib olgan va bittasini yeb qo‘ygan. Bu haqda “Texas Tribune” nashri xabar berdi.
39 yoshli Andre Tomas joriy yilning 5 aprel kuni qatl etilishi kerak edi, biroq 7 mart kuni hukm ijrosi qoldirilishi haqida sud qaror qildi. Sababi uningyuqoridagi harakati advokatlarda mahkumning ruhiy sog‘lig‘iga shubha uyg‘otdi va ular Tomasning aqli rasoligi bo‘yicha tekshiruv o‘tkazish uchun qo‘shimcha vaqt talab qildi.
Tomasning so‘zlariga ko‘ra, hukumat uning fikrlarini eshitmagani uchun o‘zini ko‘r qilgan.
Texas Oliy sudi aqliy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan shaxslarga o‘lim jazosi qo‘llashi taqiqlanadi, biroq bu taqiq og‘ir ruhiy kasalligi bo‘lgan fuqarolarga taalluqli emas. O‘lim jazosini olish uchun jinoyatchi aqli raso bo‘lishi kerak.
“Ishonchimiz komilki, biz janob Tomasning aqldan ozganligini tasdiqlovchi dalillarni taqdim etganimizda, sud uning qatl etilishi konstitutsiya tamoyillariga zid ekanligiga rozi bo‘ladi. Bu ko‘r, ruhiy nosog‘lom odamni o‘lim jazosiga jo‘natish haqidagi qaror insoniylik tuyg‘umizni haqorat qiladi va qonun ustuvorligini ko‘rsatmaydi”, deydi advokatlar.
Oldinroq yuzdan ortiq ruhiy yetakchilar va taniqli jamoat arboblari Texas gubernatori Greg Abbottga Tomasning qatl etilishini bekor qilishni so‘rab petitsiya bilan murojaat qilgan. Biroq prokuror J.Kerri Eshmor so‘zlariga ko‘ra, Tomas uchun avf so‘ragan odamlar shunchaki barcha tafsilotlarni bilishmaydi, qotilning ruhiy holati haqidagi xabarlarni o‘qimagan va advokatlar aytgan versiyaga ko‘r-ko‘rona ishonishadi.
Ma’lumot uchun, 2004 yil mart oyida Tomas rafiqasi Laura Kristen Borenni, ularning to‘rt yoshli o‘g‘li Andre Lini va Borenning 13 oylik qizi Leya Mari Xyuzni pichoqlab o‘ldirgan. Shu bilan birga, erkak ikkala bolaning yuragini kesib tashlagan. O‘sha paytda Tomas oilasi bilan yashamayotgan bo‘lgan. Hibsga olinganidan so‘ng, u qotilliklarni ilohiy ovozning buyrug‘i bilan qilganini va uchalasini ham jinlar deb hisoblaganini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq belgiyalik ruhiy kasal ona 5 nafar bolani pichoqlagani haqida xabar berilgandi. Keyinchalik, ayol evtanaziya qilishni so‘ragan va rasmiylar uning iltimosini qondirgan.
LiveBarchasi