Lukashenko Putin bilan uchrashuvi haqidagi xabarlarning 70 foizini uydirmaga chiqardi
Olam
−
02 mart 2021 4278 1 daqiqa
Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan yaqinda bo‘lib o‘tgan muzokaralar tafsilotlari haqida gapirdi. Bu haqda "BelTA" xabar bergan.
Lukashenkoning ta’kidlashicha, ularning so‘nggi uchrashuvlari haqidagi ommaviy axborot vositalarida chiqqan xabarlarning taxminan 70 foizi "to‘liq bema’ni" va o‘ylab topilgan.
Shu bilan birga, davlat rahbari Putin bilan muhokama qilgan barcha mavzularni sanab o‘tishdan bosh tortgan.
"Ular o‘nlab edi. Ko‘p mavzular bo‘ldi. Bundan tashqari, tom ma’noda Belarus-Rossiya munosabatlarining barcha masalalari qayta ko‘rib chiqildi va muhokama qilindi", deya qo‘shimcha qilgan Lukashenko.
Avvalroq, joriy yilning 22 fevralida Rossiya va Belarus Prezidentlari o‘rtasida o‘tkazilgan uchrashuv olti soatdan ko‘proq davom etgani haqida xabar bergandik. Muzokaralardan so‘ng ular chang‘i va snoubord bilan shug‘ullangandi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust