O‘zneftegazinspeksiya gaz o‘g‘rilarini aniqladi
Jamiyat
−
22 avgust 2019 3953 2 daqiqa
Shu yilning 1 yanvaridan 15 avgustigacha tegishli hujjatlarsiz tabiiy gazdan foydalanib kelgan 1 ming 763 nafar iste’molchi aniqlandi. Aybdorlarga tegishli chora ko‘rish uchun to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga topshirilgan bo‘lib, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra noqonuniy tarzda foydalanilgan gaz miqdori 39 million 780 ming kub. metrni ya’ni 40 milliard so‘mni tashkil etadi.
Birgina avgust oyining birinchi 15 kunida tegishli hujjatlarsiz tabiiy gazdan foydalanib kelgan 187 ta ulgurji iste’molchi aniqlangan bo‘lib, noqonuniy foydalanilgan gaz hajmi 3 million 200 ming kub. metrni, shunindek 3 milliard.so‘mni tashkil etgan.
Misol uchun, Navoiy viloyatining, Karmana tumanida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgan pishgan g‘isht ishlab chiqaruvchi «Bahor Inter Aziya» korxonasi tomonidan 417 ming kub metr gaz o‘g‘irlagan, shu bilan birga Surxondaryo viloyati, Qumqo‘rg‘on tumanida joylashgan “Jarqo‘rg‘onneft” AJga qarashli “Qumqo‘rg‘on Estakadasi”da 213 ming metr kub gazni qonunga zid tarzda iste’mol qilingan, shu kabi holatlar ohak ishlab chiqaruvchilari tomonidan sodir etilib jumladan, “Qirobod mavjlari” MCHJ (Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani) 75 ming kub metr gazni talon-taroj qilgan, “Orbita globus” MCHJ (Toshkent shahri, Yashnobod tumani) tomonidan 219 ming kub metr gaz o‘g‘irlangan va “Domteks” MCHJ tomonidan (Toshkent viloyati, O‘rtachirchiq tumani) 330 ming metr kub tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘ldi.
Respublikaning boshqa hududlarida yuqoridagi kabi qonunbuzarliklarni sodir etgan 101 ta iste’molchi fosh etilib, o‘g‘irlangan qimmatbaho tabiiy gaz miqdori 1 million 396 ming kub metrni tashkil etishi aniqlandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr