O‘zgidromet tezkor ogohlantirish bilan chiqdi
Jamiyat
−
20 yanvar 15545 1 daqiqa
2026 yil 21-26 yanvar kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishlari sababli respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi mavjud. Bu haqda O‘zgidromet tezkor ogohlantirish e’lon qildi.
Unga ko‘ra:
- Qashqadaryo viloyati Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;
- Surxondaryo viloyati Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
- Samarqand viloyati Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;
- Jizzax viloyati Baxmal, Zomin tumanlarida;
- Toshkent viloyati Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);
- Namangan viloyati Pop tumanida

Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan, ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘raladi.
Live
Barchasi