O‘zgidromet shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Bu qiziq
−
10 yanvar 2023 84657 1 daqiqa
Ertaga, 11 yanvardan 16 yanvargacha O‘zbekistonning 7 viloyati hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi. Bu haqdagi ogohlantirish Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan berildi.
Qayd etilishicha, 11-16 yanvar kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining sezilarli o‘zgarishlari sababli respublikaning tog‘li hududlarida, jumladan:
• Qashqadaryo viloyati: Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Dehqonobod tumanlarida;
• Surxondaryo viloyati: Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun, Boysun tumanlarida;
• Samarqand viloyati: Qo‘shrabot, Nurobod, Samarqand, Urgut, Bulung‘ur tumanlarida;
• Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, Forish tumanlarida;
• Toshkent viloyati: Parkent, Ohangaron, Bo‘stonliq, tumani va Chotqol tizmasining “Chimyon” tog‘larida;
• Namangan viloyati: Pop tumanida;
• Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona tumanlarida qor ko‘chish xavfi elon qilinadi.
Ogohlantirishda tog‘li xududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li xududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari so‘ralgan.
Ozoda Choriyeva
Live
Barchasi