O‘zbekistonning “oltin viza”si narxi 250 ming dollar bo‘ladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda joriy yil 1 iyundan boshlab xorijiy davlatlar fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga 250 ming AQSH dollari evaziga O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi beriladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining joriy yil 18 aprel kuni qabul qilingan “Ishlab chiqarish, eksport va tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish, savdo va sanoat siyosati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida so‘z boradi.

Farmon bilan investitsiyalarni rag‘batlantirish maqsadida joriy yil 1 iyundan boshlab xorijiy davlatlar fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga 250 ming AQSH dollari hamda ularning har bir oila a’zosiga (turmush o‘rtog‘i, farzandi va ota-onasi) 150 ming AQSH dollari miqdoridagi to‘lovlar evaziga O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi 5 yil muddatga soddalashtirilgan tartibda beriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Adliya vazirligi mazkur farmonda xorijiy davlatlar fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga 200 ming AQSH dollari hamda ularning har bir oila a’zosiga (turmush o‘rtog‘i, farzandi va ota-onasi) 100 ming AQSH dollari miqdoridagi to‘lovlar evaziga 2025 yil 1 iyundan O‘zbekistonda yashash guvohnomasi 5 yil muddatga soddalashtirilgan tartibda berilishi belgilanganini xabar qilgan edi. Farmon rasmiy portalda e’lon qilingach, vazirlik ham 19 aprel kuni e’lon qilingan xabarini tahrirlab qo‘ydi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston oltin viza

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing