O‘zbekistonning Kongoga qarshi asosiy tarkibi e’lon qilindi
Sport
−
03:16 2445 1 daqiqa
Bugun, 28 iyun kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatidagi navbatdagi uchrashuvini o‘tkazadi. Mazkur bahsni asosiy tarkibda boshlaydigan o‘zbekistonlik futbolchilar ma’lum bo‘ldi.
Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi Kongo Demokratik Respublikasiga qarshi bahsni quyidagi tarkib bilan boshlaydi:
Ma’lumot uchun, Kongo DR va O‘zbekiston uchrashuvi bugun, 28 iyun kuni AQSHning Atlanta shahrida Toshkent vaqti bilan soat 4:30 da boshlanadi.
2-tur uchrashuvlari oldidan “K” guruhida Kolumbiya terma jamoasi 6 ochko jamg‘argan holda yetakchilik qilmoqda. Portugaliya 4 ochko bilan 2 Kongo DR terma jamoasi esa 1 ochko bilan 3-o‘rinni egallab turibdi.
Mazkur guruh doirasidagi ikkinchi uchrashuvda Portugaliya Kolumbiyaga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bahs ham Toshkent vaqti bilan 4:30 da boshlanadi.
O‘yinda kiritilgan gollarni ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Live
Barchasi