O‘zbekistonlik taksi haydovchilar BAAga ishga jo‘natilishi mumkin

Jamiyat

image

O‘zbekistonlik tajribali haydovchilar Birlashgan Arab Amirliklaridagi kompaniya tomonidan taksi haydovchilikka jalb etilishi mumkin. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari BAAning Dubai Taxi Company PJSC korxonasi rahbari Said Amin Abdulrahman bilan muzokara o‘tkazgan. Unda O‘zbekistondan malakali haydovchilarni BAAda qonuniy ravishda munosib ish bilan ta’minlash masalalari muhokama qilingan.

Said Amin Abdulrahman O‘zbekistondan tajribali haydovchilarni ishga jalb qilish jarayonini huquqiy tomondan qo‘llab-quvvatlashga, tashqi mehnat migratsiyasi sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikka tayyorligini bildirgan.

“Dastlabki bosqichda korxonamizga 200 ga yaqin O‘zbekiston fuqarolarini taksi haydovchisi sifatida ishga jalb qilish uchun imkoniyatimiz bor. Agar ularning mehnat samaradorligi yuqori bo‘lsa, yana qo‘shimcha ravishda 500 ga yaqin o‘zbekistonlik taksi haydovchilarini ishga jalb qilish mumkin”, deydi u.

Muzokaralar yakunida O‘zbekiston Mehnat agentligi va Dubai Taxi Company PJSC korxonasi vakillari o‘rtasida ushbu jabhadagi hamkorlikning keyingi bosqichlarini muhokama qilishga kelishib olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing