O‘zbekistonlik ayollar asosan necha yoshda farzandli bo‘lmoqda?
Jamiyat
−
29 noyabr 2024 8216 1 daqiqa
O‘zbekistonda eng ko‘p 25-39 yoshli ayollar farzandli bo‘lmoqda. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2024 yilning yanvar-oktyabr oylarida mamlakatda jami 783 089 nafar tug‘ilishlar qayd etilgan.
Mazkur tug‘ilishlarning ota-onasining yosh guruhlari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:
Onalar:
- 25 yoshgacha – 309 664 nafar (39,5 %)
- 25-39 yosh – 463 842 nafar (59,3 %)
- 40 yosh va undan kattalar – 9 583 nafar (1,2 %)
Otalar:
- 25 yoshgacha – 84 700 nafar (10,8 %)
- 25-39 yosh – 645 434 nafar (82,4 %)
- 40 yosh va undan kattalar – 52 955 nafar (6,8 %)
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston aholisining doimiy soni 37 506 617 kishini tashkil etgandi. Ulardan 18 843 325 nafari erkaklar va 18 580 779 nafari ayollar.
Live
BarchasiChimyonda qor ko‘chkisi kuzatildi
20 aprel