O‘zbekistonga yengil avtomobil importi 14 baravarga oshdi
Jamiyat
−
23 fevral 2022 11312 1 daqiqa
Joriy yilning yanvar oyida O‘zbekiston 12 ta xorijiy davlatlardan qiymati 65,7 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 3 037 ta yengil avtomobil import qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Yengil avtomobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2 819 taga yoki qariyb 14 barobarga oshgan.
O‘zbekiston yengil avtomobillarni eng ko‘p import qilgan davlatlar:
- Xitoy – 1 781 ta
- Koreya – 1 136 ta
- Rossiya – 85 ta
- AQSH – 10 ta
- Qozog‘iston – 7 ta
- Yaponiya – 4 ta
- Turkiya – 3 ta
- Germaniya – 3 ta
- Ummon – 3 ta
- BAA – 2 ta
- Estoniya – 2 ta
- Buyuk Britaniya – 1 ta
O‘zbekiston yanvar oyida 122 ta elektromobil import qildi.
Live
Barchasi