O‘zbekistonga salqin va nam havo massalari kirib keladi
Bu qiziq
−
30 Sentabr 2025 15935 1 daqiqa
Joriy yilning 1-2 oktyabr kunlari O‘zbekiston hududiga salqin va nisbatan nam havo massalari kirib keladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Respublikaning ayrim joylarida yomg‘ir yog‘adi.
Havo harorati kunduz kunlari 18-21 darajagacha, kechalari 8-13 darajagacha, shimolda kunduz kunlari 13-16 darajagacha, kechalari 4-7 daraja iliqqacha pasayadi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025