O‘zbekistonga Rossiyadan sovuq havo oqimi kirib keladi
Bu qiziq
−
28 mart 2022 47151 1 daqiqa
Bugun, 28 mart kuni O‘zbekistonning katta qismida quruq va nisbatan iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kunduz kuni havo 15-17° iliqqacha, janubda 20-22° iliqqacha isiydi. Faqat respublikaning shimoliy hududlariga Volga bo‘yi hududlaridan sovuq antitsiklon kirib kelishi boshlanadi. Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, shamol tezligi 18-23 m/s gacha kuchayadi.
Bugun kechga tomon va ertaga antitsiklon kirib kelishi O‘zbekistonning barcha hududlariga tarqaladi. Respublika hududlari bo‘yicha (shimol va chekka janubdan tashqari) ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, ayrim joylarda shamol tezligi 18-23 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Sovuq front o‘tishida kunduzi harorat 7-10 darajagacha pasayadi.
30 martdan 1 aprelgacha O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 30 martda havo harorati kechasi 0-3° iliq, ba’zi joylarda 2° sovuqqacha, kunduzi 12-17° iliq atrofida bo‘ladi. Hafta oxiriga kelib, kechasi harorat 5-10 daraja iliqqacha ko‘tariladi, kunduzi havo 17-22° iliqqacha, janubda 23-25° iliqqacha isiydi.
Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.
Live
Barchasi