O‘zbekistondan Moskvaga uchgan uchta reys boshqa manzillarga yo‘naltirildi
Jamiyat
−
31 avgust 2023 17197 1 daqiqa
Rossiya poytaxti Moskva shahridagi Domodedovo xalqaro aeroportining havo hududi yopilganligi sababli Uzbekistan Airways’ning quyidagi aviaqatnovlari zaxiradagi aeroportlarga yo‘naltirildi. Bu haqda Uzbekistan Airways AJ xabar berdi.
- HY611 reysi Samara xalqaro aeroportiga;
- HY9615 reysi Qozon xalqaro aeroportiga;
- HY9613 reysi esa Sankt-Peterburg xalqaro aeroportiga.
Uzbekistan Airways AJning qo‘shimcha qilishicha, Domodedovo xalqaro aeroportiga parvozlarni amalga oshirgan va “To‘liq yopiq osmon” rejimi joriy etilishi munosabati bilan zaxiradagi aeroportlarga yo‘naltirilgan barcha havo kemalari muvaffaqiyatli qo‘nishni amalga oshirgan.
Oradan 2 yarim soatga yaqin vaqt o‘tgach, HY611, HY9613 va HY9615 reyslarini amalga oshiruvchi havo kemalari o‘z manzili, Moskva shahrining Domodedovo aeroportiga jo‘nab ketgan.
Live
Barchasi