O‘zbekistondagi barcha aeroportlar yopildi
Jamiyat
−
25 yanvar 2022 12750 2 daqiqa
Avvalroq, O‘zbekistonda kuzatilayotgan elektr energiyasining o‘chishi ortidan “Toshkent” xalqaro aeroporti samolyotlarni qabul qiligni to‘xtatgani haqida xabar bergan edik. Ayni vaqtga kelib O‘zbekistondagi barcha aerportlar global elektr ta’minotidagi uzilishlar tufayli yopildi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Toshkent va O‘zbekistonning boshqa shaharlarida elektr ta’minotidagi uzilish munosabati bilan ayeroportlar faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.
Xususan, “Toshkent” aeroportida “Toshkent – Nur-Sulton” yo‘nalishi bo‘yicha HY-721 reysi bo‘yicha uchayotgan yo‘lovchilarning hammasi ham elektr ta’minotidagi uzilish tufayli ro‘yxatdan o‘tish, bojxona va pasport nazorati va xavfsizlik ko‘rigidan o‘ta olmadi. 60 ga yaqin yo‘lovchi steril zonada, 30 ga yaqin odam ro‘yxatga olish zonasida qolib ketgan. Keyingi chora-tadbirlar “O‘zbekiston havo yo‘llari” tomonidan amalga oshiriladi.
“HY-762 reysi Olmaota – Toshkent Navoiydagi muqobil aerodromga yo‘l oldi. Shuningdek, Air Astana aviakompaniyasining Olmaota-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha KC-127 reysi ekipaji jo‘nab ketgan aeroportga qaytishga qaror qildi.
Shuningdek, Namangan, Andijon, Farg‘ona, Termiz, Qarshi, Urganch, Buxoro, Nukus va Samarqand aeroportlarida elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolar kuzatilmoqda. Ayni paytda elektr energiyasi faqat Navoiy aeroportida mavjud”, deyiladi xabarda.
Ma’lum qilinishicha, elektr tarmoqlarini ta’mirlash ishlari tugallangach, aeroportlar yana ishlay boshlaydi.
Live
Barchasi