O‘zbekistonda yilning ikkinchi choragi dollarning oshishi bilan boshlandi
Jamiyat
−
01 aprel 2019
6260O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, 2 apreldan e’tiboran valyutalar kursi quyidagicha:
1 AQSH dollari 8419 so‘m 62 tiyinni tashkil etib, o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 29 so‘m 65 tiyinga qimmatladi.
Shuningdek, yevro hamda rubl kursi ham o‘tgan haftaga nisbatan pastlagan. Xususan, 1 yevro kursi 9444 so‘m 29 tiyinga baholanib, 47 so‘m 28 tiyinga, 1 rubl 128 so‘m 14 tiyinga tenglashib, 1 so‘m 58 tiyinga arzonlagan.
Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.
LiveBarchasi