O‘zbekistonda yashirin janglarga qarshi choralar kuchaytiriladi

Jamiyat

image

So‘nggi vaqtlarda jangovar, ya’ni aralash sport turlari bo‘yicha noqonuniy janglar yashirin tarzda tashkil etilmoqda va ularda yoshlar ham ishtirok etmoqda. Shu bilan birga, bu kabi holatlar uchun amalda aniq javobgarlik choralari mavjud emas. Bu haqda kecha, 12 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev kiberjinoyatlar va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etiladigan huquqbuzarliklarning oldini olish samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar taqdimoti bilan tanishish chog‘ida aytib o‘tildi. 

Taqdimotda uyushgan jinoyatchilikning sodir etish shakl va uslublari yangilanib borayotgani ko‘rsatib o‘tilgan. 

Uyushgan guruhlar tomonidan jamiyatda yurish-turish qoidalarini ochiqchasiga mensimasdan, o‘zini qonundan ustun qo‘yib, bezorilik jinoyatlarini sodir etganligi yoki bezorilik jinoyatining og‘ir shakllaridan biri – o‘qotar qurolni namoyish qilib yoki uni qo‘llab hamda takroran sodir etganligi, shuningdek, jamoat tartibini saqlash vazifasini bajarib turgan hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatgan holda sodir etilganlik uchun jazo choralari bugungi kunda yetarli ta’sir kuchiga ega emasligi ta’kidlangan.

Shuningdek, so‘nggi vaqtlarda jangovar (aralash) sport turlari bo‘yicha yashirin ravishda noqonuniy janglar tashkil qilinib, ularda yoshlarning ishtirok etayotgani kuzatilmoqda. Biroq bugungi kunda buning uchun javobgarlik choralari mavjud emasligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Shu bois, qonun hujjatlariga mana shunday xavf-xatarlarning oldini olish, ularga qarshi ayovsiz kurashish, bunday illatni tag-tomiri bilan yo‘qotishga qaratilgan normalarni kiritish vaqti kelgani ta’kidlangan.

Og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlarni sodir etish maqsadida jinoiy uyushma tashkil etganlik, uni moliyalashtirganlik, ular tomonidan sodir etilgan jinoyatlarni yashirishga homiylik qilganlik, jangovar sport turlari bo‘yicha musobaqalarni noqonuniy tashkil etganlik va o‘tkazganlik uchun jinoiy javobgarlikni belgilovchi, bezorilik jinoyati uchun jazo choralari kuchaytirishni nazarda tutuvchi, shuningdek, qonunga zid ravishda tashkil etilgan jangovar sport turlari bo‘yicha musobaqalarda ishtirok etganlik uchun ma’muriy javobgarlikni belgilovchi normalar kiritish taklif etilgan.

Muhokama qilingan yo‘nalishlar bo‘yicha ishlab chiqilgan axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etiladigan huquqbuzarliklarga qarshi kurashish hamda uyushgan va jamoat joylaridagi jinoyatchilikka qarshi kurashishning jinoiy-huquqiy mexanizmlarini yanada kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihalari taqdimot qilingan.

Prezident takliflarni ma’qullab, mutasaddilarga tegishli topshiriqlar bergan. 

Eslatib o‘tamiz, taqdimot davomida O‘zbekistonda kiberjinoyat va moliyaviy piramidalar uchun jazo kuchaytirilishi haqida ham so‘z borgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston yashirin janglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing