O‘zbekistonda yana bir yangi agentlik tuziladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda yangi Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi tashkil etiladi. Bu Prezident Shavkat Mirziyoyevning 21 avgust kuni qabul qilingan “Telekommunikatsiyalar sohasida tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 140-son farmonida belgilangan.

Farmonga ko‘ra, Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi tashkil etiladi. Agentlik operator va provayderlar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatining belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlangan rejaga muvofiq har oyda kamida 1 marotaba monitoring qilib boradi.

Agentlik moliyaviy va tuzilmaviy jihatdan hamda vakolati doirasida qaror qabul qilishda mustaqil hisoblanadi hamda o‘z faoliyatida Vazirlar Mahkamasiga hisobdor bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 27 martda qabul qilingan “Energiya samaradorligini oshirish sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish va energiya servis kompaniyalari xizmatlari bozorini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoniga muofiq, Vazirlar Mahkamasi huzurida Energiya samaradorligi milliy agentligi tashkil etilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar