O‘zbekistonda paraatletika bo‘yicha jahon chempionati o‘tkazilishi mumkin

Sport

image

Kecha, 29 may kuni Butunjahon para yengil atletika federatsiyasi (World Para Athletics) prezidenti Pol Fitsjerald Toshkent shahriga tashrif buyurib, paraatletika bo‘yicha jahon chempionatini o‘tkazish imkoniyatlari bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Qayd etilishicha, Pol Fitsjerald O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi stadioniga tashrif buyurgan. Tashrif davomida u ob’ektning infratuzilmasi, jumladan, yugurish yo‘llari, sakrash va uloqtirish sektorlari, shuningdek, ichki binolar va majmuaning texnik jihozlanishi bilan yaqindan tanishgan.

Shuningdek, “Los-Anjeles-2028” Paralimpiya o‘yinlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanma beruvchi para yengil atletika bo‘yicha 2027 yilgi jahon chempionatini O‘zbekistonda o‘tkazish imkoniyatlarini muhokama qilinib, Fitsjerald “Olimpiya shaharchasi”da para atletlar uchun yaratiladigan sharoitlar, dunyo birinchiligi paytida para sportchilarni o‘zida qabul qiluvchi mehmonxona hamda restoranlar faoliyatini ham ko‘zdan kechirgan. Majmuadagi “Paralimpiya markazi” loyihasi bilan ham tanishgan. 

Tanishuv so‘nggida Pol Fitsjerald O‘zbekiston ushbu xalqaro musobaqalarni yuqori saviyada o‘tkaza olishiga ishonch bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Olimpiya shaharchasi Butunjahon para engil atletika federatsiyasi paraatletika World Para Athletics Pol Fitsjerald

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing