O‘zbekistonda “Non shahri” teleseriali suratga olinadi

Madaniyat-san’at

image

Kecha, 25 oktyabr "O‘zbekkino" milliy agentligida Rossiyaning "STAR-T" kinokompaniyasi bilan "Non shahri" teleserialini suratga olish bo‘yicha muzokara bo‘lib o‘tdi.

Unda agentlik mutasaddilari "STAR-T" kinokompaniyasi prodyuseri, ssenarist, kinoaktyor Sergey Kuzminыx bilan Toshkentda "Non shahri" ("Gorod xlebnыy") serialini suratga olish masalalarini keldi.

"Non shahri" seriali ssenariysi muallifi S.Kuzminыxning ta’kidlashicha, serial tarixiy-detektiv, drama janrida suratga olinadi. Serialda 1942 yilgi voqealar tasvirlanadi.

Eslatib o‘tamiz, "STAR-T" kinokompaniyasi 2005 yilda tashkil etilgan bo‘lib, Rossiyadagi eng nufuzli kinokompaniyalardan biriga aylangan. Kompaniya asosan badiiy va hujjatli filmlar hamda telekanallar uchun teleseriallar ishlab chiqaradi. U ishlagan "Molodoy Volkodav", "Klassnыye mujiki", "Komanda B" kabi ko‘plab teleseriallar chet mamlakatlarida ham shuhrat qozongan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

10

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar